Rossiyada maktablarda yuqori sinf o`quvchilari dronlardan urushda foydalanishga o`rgatiladi. Bu haqda Zamon.uz yozmoqda.
Yangi o`quv yilidan boshlab 10-11-sinf o`quvchilari uchun boshlang`ich harbiy tayyorgarlik bo`yicha maktab o`quv dasturiga dronlar mavzusi kiritilgan.
Unga ko`ra, maktab o`quvchilariga nafaqat razvedka ishlarini olib borish va jang maydonida dronlardan foydalanish, balki dushmanning uchuvchisiz uchoqlariga qarshi turish ham o`rgatiladi.
Bunday kurs bir oy oldin Rossiya Federasiyasi Federasiya Kengashida e`lon qilingan edi. Mudofaa vazirligi va Ta`lim vazirligi esa g`oyani qo`llab-quvvatlagandi.
Rossiya OAVlarining yozishicha, maktab o`quvchilari uchun harbiy tayyorgarlik yangi o`quv yilidan boshlab hayot xavfsizligi darslarining bir qismi sifatida paydo bo`ladi.






