AsosiyDunyo

7 nafar chaqaloqni dahshatli tarzda o`ldirgan britaniyalik hamshiraga sud hukmi o`qildi

'7 nafar chaqaloqni dahshatli tarzda o`ldirgan britaniyalik hamshiraga sud hukmi o`qildi'ning rasmi

Manchester sudi hamshira Lyusi Letbini etti nafar yangi tug`ilgan chaqaloqni o`ldirish va yana olti nafar chaqaloqni o`ldirishga urinishda ayblab, umrbod qamoq jazosiga hukm qildi.

18 avgust kuni hakamlar hay`ati ayolni qotillikda va Chester kasalxonasida 13 chaqaloqni o`ldirishga urinishda aybdor deb topgandi. Tergov ma`lumotlariga ko`ra, jinoyat 2015 yilning iyunidan 2016 yilning iyuniga qadar sodir bo`lgan.

Tergov ma`lumotlariga ko`ra, Letbi boshqa qotilliklarga ham aloqador bo`lishi mumkin. Huquq-tartibot idoralari xodimlari Chester va Liverpul kasalxonalarining neonatal bo`limlarida to`rt mingga yaqin bola bilan bog`liq ma`lumotlarni tekshirmoqda.

Ommaviy axborot vositalari Letbini zamonaviy Britaniya tarixidagi eng dahshatli bolalar qotili deb atadi. Kechasi ishlagan yosh ayol o`ldirishning turli usullarini qo`llagan: havo bilan to`ldirilgan shprislar, insulin va ortiqcha ovqatlantirish. Sobiq hamshiraning kvartirasida ular jinoyatni tasdiqlovchi kundaliklarni ham topdilar.

    Boshqa yangiliklar