1

Murodjon Ahmadalievning navbatdagi raqibi ma`lum bo`ldi

Sport 21.08.2023, 23:02
Murodjon Ahmadalievning navbatdagi raqibi ma`lum bo`ldi

Butunjahon boks assosiasiyasi (WBA) Murodjon Ahmadaliev (11-1, 8 KO)ning navbatdagi jangi yuzasidan buyruq e`lon qildi. Bu haqda O`zbekiston professional boks federasiyasi ma`lum qildi.

Qayd etilishicha, Ahmadaliev navbatdagi jangini yaponiyalik Tomoki Kameda (40-3, 22 KO)ga qarshi o`tkazadi.

Hozircha jang sanasi aniq emas. Tomonlar 30 kun ichida jang bo`yicha kelishuvga erishishlari lozim.

Agar kelishuv amalga oshmasa, promouterlik savdosi tashkil etiladi. Bu vaziyatda gonorar 50ga 50 teng holatda taqsimlanadi.

Ushbu jang g`olibi WBA chempioni Marlon Tapales (37-3, 19KO)ning kamari uchun rasmiy da`vogarga aylanadi.

Qayd etish mumkin, Murodjon Ahmadaliev o`ziga tegishli kamarni aynan filippinlik Marlon Tapales bilan jangda boy berib qo`ygandi.

WBA rasman hakamlarning qarorini bahsli deb topdi va revansh adolatli bo`lishi ma`lum qildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1