AsosiyDunyo

Pokistonda avtobus yonib ketdi

'Pokistonda avtobus yonib ketdi'ning rasmi

Yakshanba kuni Pokiston sharqidagi Panjob provinsiyasining Hafizobod tumanida yo`lovchi avtobusi va pikap to`qnashuvi va yong`in natijasida kamida 20 kishi tiriklayin yonib ketdi, 15 kishi jarohatlandi, deb xabar bermoqda Xinhua.

Favqulodda vaziyatlar xizmati xodimlarining so`zlariga ko`ra, voqea erta tongda Faysalobodning Toll Plaza ekspress yo`lida sodir bo`lgan, avtobus bochkalar yoqilg`i olib ketayotgan pikap bilan to`qnashib ketgan va natijada yong`in kelib chiqqan.

Ma`lumot olgach, qutqaruvchilar zudlik bilan voqea joyiga etib borishdi va jabrlanganlarni mahalliy shifoxonaga etkazishdi», — deyiladi qutqaruv xizmati xabarida.

"Jabrlanganlarning ba`zilari kuyish jarohatlari olgan, ulardan uch nafarining ahvoli og`ir", - deya qo`shimcha qildi xizmat.

Qutqaruv xizmati ma`lumotlariga ko`ra, avtobusda 40 ga yaqin yo`lovchi bo`lgan. Ma`lumotlarga ko`ra, avtobus mamlakat janubidagi Karachi port shahridan poytaxt Islomobodga ketayotgan bo`lgan.

    Boshqa yangiliklar