Italiyalik qo`shiqchi Toto Kutuno 80 yoshida vafot etdi. Bu haqda Ria Novosti xabar berdi.
Unga 11 yil oldin saraton tashxisi qo`yilgan. Xonanda murakkab operasiya va uzoq muddatli kimyoterapiya kursini o`tkazdi. Toto bugun soat 16:00 da Milandagi San-Raffaele kasalxonasida olamdan o`tgan.






