Misr Sog`liqni saqlash vazirligi ikkita kasallanish holati qayd etilganini ma`lum qildi. Bu haqda zamon.uz xabar berdi.
"Grippga o`xshash kasalliklar, o`tkir respirator infeksiyalar va pnevmoniyani kuzatuvchi markazlarning test natijalari COVID-19 EG-5.2 variantining ikkita ijobiy holatini tasdiqlaydi”, — deyiladi agentlik xabarida.
Mamlakat Sog`liqni saqlash vazirligi ikkala bemor ham kasallikka osonlikcha toqat qilishini va tuzalib ketayotganini aytdi. Bemorlarning yoshi aniqlanmagan.
Avvalroq Rossiya Iste`molchilar huquqlarini himoya qilish va inson farovonligini nazorat qilish federal xizmati mamlakatda EG.5“eris” koronavirusining omikron shtammining yangi varianti bilan kasallangan 17 ta holat aniqlangani haqida xabar bergan edi. Virusning yangi versiyasi hali keng tarqalmagan.
Bungacha Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti EG.5.1 koronavirus omikron shtammining yangi subvariantiga ega bo`lgan kasalliklar sonining tez o`sishini e`lon qilgan edi. Virusologlarning fikricha, yangi variant oxir-oqibat koronavirusning dominant shakliga aylanishi mumkin.






