AsosiyJamiyat

"Bitta dorini deb chopib, o`ynab yurgan farzandimdan ayrildim..."

'"Bitta dorini deb chopib, o`ynab yurgan farzandimdan ayrildim..."'ning rasmi

Bugun, 23 avgust kuni Toshkent shahar sudi binosida Hindistonda ishlab chiqarilgan “Dok-1 Maks” dori bo`yicha navbatdagi sud majlisi bo`lib o`tdi. Bu haqda Darakchi.uz xabar berdi. 

Sud Toshkent shahar sudining jinoyat ishlari bo`yicha sudlov hay`ati sudyasi Muso Yusupov raisligida birinchi instansiyada ko`rib chiqilmoqda.

Sud jarayonida sudlanuvchilar tinglandi. Ulardan biri sog`ligidagi muammo sabab sud jarayonida onlayn tartibda ishtirok etdi. 

Jabrlanuvchilar esa, aybdorlarga oliy jazo berishni so`radi. 

Darakchi.uz bilan suhbatlashgan qoraqalpog`istonlik ayol ko`z yoshlarini tiyib tura olmadi. 

"Farzandim 2019 yilda tug`ilgan edi. Sal shamollab, tomog`i og`rigani uchun “Dok-1 Maks” siropini poliklinika shifokori tavsiyasiga ko`ra o`g`limga ichirgan edim. Ahvoli yaxshilanish o`rniga yomonlashgani uchun poliklinikaga olib chiqdim. Keyin shifoxonaga bordik, . Qanday yordam ko`rsatilmasin, foydasi bo`lmadi. Bolamning eng oxirgi kunlari ekan... Bitta dorini deb chopib, o`ynab yurgan farzandimdan ayrildim", deydi ayol. 

Eslatib o`tamiz, dastlab, Dok-1 Maks” dori vositasi 19 bolaning o`limiga sabab bo`lgani aytilgan edi. Biroq, teshiruvlarda mazkur dori sabab O`zbekistonda 65 nafar yosh bola vafot etgani ma`lum bo`ldi.

Oliy sud matbuot xizmati xabariga ko`ra, sudlanuvchilarning 16 nafari erkak va 5 nafari ayol bo`lib, ularning 7 tasiga “qamoqqa olish”, 12 tasiga “munosib xulq-atvorda bo`lish to`g`risida tilxat” va 2 tasiga “garov” tarzidagi ehtiyot choralari qo`llanilgan.

Ular Jinoyat kodeksining 184, 28,186-3, 186-3, 25,205, 205, 207, 28,209, 209, 210, 211, 212, 228-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.

Ushbu jinoyat ishi Toshkent shahar sudining jinoyat ishlari bo`yicha sudlov hay`ati sudyasi M. Yusupov raisligida birinchi instansiyada ko`rib chiqilmoqda.

    Boshqa yangiliklar