AsosiyDunyo

Er yuzini kuchli geomagnit bo`roni qopladi

'Er yuzini kuchli geomagnit bo`roni qopladi'ning rasmi

22 avgust, seshanba kuni Erda kuchli geomagnit bo`roni boshlandi. Rossiya Fanlar akademiyasi Lebedev nomidagi fizika institutining rentgen quyosh astronomiyasi laboratoriyasi mutaxassislarining ma`lum qilishicha, u to`rt kun davom etadi.

26 avgust, shanba kuni geomagnit buzilishlari eng yuqori cho`qqisiga chiqishi kutilmoqda. Mutaxassislar bo`ronning kuchi G4 ga etishi mumkinligini istisno qilmayapti.

Geomagnit bo`ronlarining tasnifi besh darajaga ega. G1 elektr tarmoqlarida kichik uzilishlarga olib kelishi va hayvonlar va qushlarning migrasiya yo`llariga ta`sir qilishi mumkin. Kuchliroq geomagnit bo`ronlar sodir bo`lganda, aloqa va navigasiya tizimlarida uzilishlar yuzaga keladi, deb xabar beradi mir24.tv.

    Boshqa yangiliklar