AQSh prezidenti Jo Bayden jurnalistlarning Evgeniy Prigojinning samolyoti halokatga uchrashi haqidagi savoliga javob berar ekan, nima bo`lganini aniq bilmasligini, biroq ajablanmaganini aytdi.
“Ammo men hayron emasman. Rossiyada Putin ortda bo`lmagan juda oz narsa bor. Ammo javobni bilish uchun menda etarli ma`lumot yo`q , lekin hayron qolmadim", - degan Bayden.
Ma`lum bo`lishicha, Bayden va Markaziy razvedka boshqarmasi boshlig`i iyul oyida Prigojin haqida matbuotda gaplashgan va unchalik jiddiy bo`lmasada, 23 iyundagi qo`zg`olonga urinishdan keyin juda ehtiyot bo`lish kerakligi haqida gapirgan.
“Agar men uning o`rnida bo`lsam, nima eyayotganimni diqqat bilan kuzatardim. Men menyuga amal qilgan bo`lardim”, dedi Bayden Finlyandiya prezidenti bilan qo`shma matbuot anjumanida. "Ammo, Rossiyada Prigojinning kelajagi nima bo`lishini hech birimiz bilmaymiz deb o`ylayman."
Bir hafta o`tgach, Markaziy razvedka boshqarmasi direktori Uilyam Berns bu mavzuda shunday degan: "Menimcha, Putin odatda qasosni sovuq holda beriladigan eng yaxshi taom deb hisoblaydi".






