AsosiySport

Qatar shaxzodasi "Manchester Yunayted"ni sotib olmoqda

'Qatar shaxzodasi "Manchester Yunayted"ni sotib olmoqda'ning rasmi

"Manchester Yunayted" hozirgi egalari Gleyzerlar oilasi tez orada klubni sotishadi. “Qizil iblislar”ning yangi sohibi qatarlik shayx Jasim bo`ladi. Bu haqda The Sun nashri xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, Jasim ingliz klubini qo`lga kiritish poygasida g`alaba qozon va tez orada u 100% aksiyalarni oladi. Qatar qirollik oilasi oktyabr oyi o`rtalarida klubni 6 milliard funt (7,5 milliard dollar)ga sotib oladi. Klubning amerikaliklar tomonidan sotilgani haqidagi rasmiy xabar sentyabr oyidayoq e`lon qilinishi mumkin, o`shanda bitimning barcha tafsilotlari hal bo`ladi.

Qayd etilishicha, Gleyzerlar oilasi 2005 yilda klubni 1,5 milliard dollarga sotib olgan. Endi ular klubni sotib olishga sarflagan pullaridan deyarli besh baravar ko`p pul olishadi.

 

 

 

    Boshqa yangiliklar