AsosiyDunyo

Istanbulda 1,5 million xonadon aholisi zilzilaga chidamli uylarga ko`chiriladi — Erdo`g`on

'Istanbulda 1,5 million xonadon aholisi zilzilaga chidamli uylarga ko`chiriladi — Erdo`g`on'ning rasmi

Turkiya hukumati Istanbuldagi 1,5 millionga yaqin xonadon aholisini zilzilalarga chidamli uy-joylarga ko`chirishni rejalashtirmoqda, deb yozdi TASS.

“Turkiyani zilzilalarga chidamli davlatga aylantirish borasidagi ishimizda Istanbul va Marmara dengiziga alohida urg`u beramiz. Istanbulga kelsak, hozir biz 1,5 millionga yaqin xonadonni zilzilaga chidamli uy-joylarga ko`chirishni rejalashtirmoqdamiz. Vaqtni behuda o`tkazishga hojat yo`q”, — degan Erdo`g`on.

Rasmiylar, shuningdek, rejalashtirilgan Istanbul sun`iy yuk tashish kanalining har ikki tomonida 500 ming kishilik sun`iy yo`ldosh shahar qurish niyatida.

Turkiyaning Atrof-muhit, urbanizasiya va iqlim o`zgarishi vaziri Mehmet Ojaseki Istanbulda 6 million uy borligini va ularning har o`ndan bir qismi zilzila bo`lganda vayron bo`lishi mumkinligini aytdi.

Eslatib o`tamiz, 2023 yilning 6 fevralida Turkiya janubi-sharqida va Suriya shimolida 7,8 va 7,5 magnitudali kuchli zilzilalar sodir bo`lib, har ikki mamlakatda 60 mingga yaqin odam halok bo`ldi.

Turkiyada vayronagarchilik ko`lami shaharsozlik standartlari va ishlab chiqaruvchilarning mas`uliyati haqidagi munozaralarni kuchaytirdi, tabiiy ofatdan keyin qurilish biznesi vakillarini hibsga olish boshlandi. Iyul oyi o`rtalarida 350 kishi hibsga olingan.

    Boshqa yangiliklar