AsosiyJamiyat

O`zbekistonda DXX kubogi uchun qizlar o`rtasida ham mini-futbol bellashuvlari o`tkazilmoqda (video)

'O`zbekistonda DXX kubogi uchun qizlar o`rtasida ham mini-futbol bellashuvlari o`tkazilmoqda (video)'ning rasmi

Davlat xavfsizlik xizmati kubogi musobaqalarida Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bosqichlarida g`olib bo`lgan xavaskor jamoalar endi poytaxtda jam bo`lishadi. 

Bu galgi voqelikning eng muhim yangiligiga e`tibor qarating. Endi DXX kubogi uchun qizlar o`rtasida ham mini-futbol bellashuvlari o`tkazilmoqda.

Musobaqaning Respublika bosqichi 21 – 25 avgust kunlari “Bunyodkor” futbol akademiyasi maydonlarida har kuni soat 08:00 dan start oladi. Final 26 avgust kuni soat 18:00 da “Jar” stadionida boshlanadi.

    Boshqa yangiliklar