1

O`zbekistonning 16 ta shahrida “Yangi Nafas” ommaviy yugurish musobaqasiga start beriladi

Sport 25.08.2023, 17:47
O`zbekistonning 16 ta shahrida “Yangi Nafas” ommaviy yugurish musobaqasiga start beriladi

“Bir mamlakatda, bir vaqtda, bir masofada, bir maqsadda – birga yuguramiz!” shiori ostida “Yangi Nafas” ommaviy yugurish musobaqasiga start beriladi.

Shu kunlarda, O`zbekistonning 16 ta shahrida 3 sentyabr kuni mamlakatimiz mustaqilligining 32 yilligiga bag`ishlangan “Yangi Nafas” ommaviy yugurish musobaqasini o`tkazishga tayyorgarlik ketmoqda.

Joriy yilning 25 avgust kuni Farg`ona shahridagi «Samo» sport majmuasida Farg`ona, Andijon va Namangan viloyati hokimliklari hamda tegishli vazirlik va idoralar vakillari, Milliy olimpiya qo`mitasi va Engil atletika federasiyasi hamda ommaviy axborot vositalari ishtirokida matbuot anjumani bo`lib o`tdi.

Matbuot anjumani davomida ommaviy yugurish musobaqasining ishlab chiqilgan marshrutlari namoyish etildi. Farg`onalik yuguruvchilar uchun doimiy start olish nuqtasi hisoblangan «Samo» sport majmuasining hududi anjumanni o`tkazish uchun tanlangani tasodif emas. Andijonda start va finish nuqtasi O`zbekiston shoh ko`chasida bo`lsa, Namangan shahrida ommaviy yugurish musobaqasi Amir Temur va Namangan ko`chalari chorrahasidan boshlanib, Istiqlol ko`chasida yakunlanadi, Farg`onada esa yuguruvchilar Al-Farg`oniy ko`chasidan Yuksalish ko`chasigacha bo`lgan yo`nalishda start oladi.

Uchrashuv davomida shuningdek, hududlarning vakillari tomonidan tayyorlangan taqdimot roliklari namoyish etildi. Press-anjumani ishtirokchilari Farg`ona, Andijon va Namanganda o`tkazilgan avvalgi Yangi Nafas ommaviy yugurish musobaqalarining eng yaxshi lavhalarini ko`rish imkoniga ega bo`ldilar.

Farg`ona, Andijon va Namanganda bo`lib o`tadigan O`zbekiston Respublikasi Mustaqilligi kuniga bag`ishlangan Yangi Nafas ommaviy yugurish musobaqasida 10 mingdan ortiq ishtirokchi qatnashishi kutilmoqda. Ommaviy sport tadbirlari o`tkazib kelinayotgan uch yil davomida Farg`ona vodiysidan 300 mingdan ziyod havaskor yuguruvchilar “Yangi Nafas” harakati safiga qo`shildi.

Tadbirda ta`kidlaganidek, “Yangi Nafas” ommaviy yugursih musobaqalari talabalar harakati tomonidan keng qo`llab-quvvatlanmoqda va kelgusida kollej, lisey va oliy o`quv yurtlari o`rtasida eng faol ta`lim muassasasi nominasiyasini joriy etish rejalashtirilgan.

Press-anjumani yakunida aholi o`rtasida ommaviy sportni ommalashtirish va sog`lom turmush tarzini targ`ib qilish maqsadida hududlarda “Yangi Nafas” ommaviy yugursih musobaqalari ketma-ket 3 yil davomida mutlaqo bepul o`tkazilayotgani ta`kidlandi. Bu aholining barcha qatlamlarini, pensionerlardan tortib uy bekalari va tadbirkorlargacha musobaqada ishtirok etishga jalb qilish imkonini beradi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1