1

Artur Guliev eshkak eshish bo`yicha jahon chempioni bo`ldi

Sport 25.08.2023, 23:10
Artur Guliev  eshkak eshish bo`yicha jahon chempioni bo`ldi

Germaniyada o`tayotgan baydarka va kanoeda eshkak eshish bo`yicha jahon chempionatida hamyurtimiz Artur Guliev oltin medalni qo`lga kiritdi. Bu haqda yoshlar siyosati va sport vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda. 

Ma`lum qilinishia, kanoechi 200 metr masofaga kechgan hal qiluvchi poygada eng yaxshi natijani qayd etib chempionlikka erishmoqda. Bu mazkur sportda jahon chempionatlarida 13 yil kutilgan oltin medal. So`nggi bor Vadim Menkov 2010 yilgi dunyo birinchiligida shohsupaning eng yuqori pog`onasiga ko`tarilgan edi.

S1 200 m:

1. Artur Guliev (O`zbekiston) – 38.729

2. Xoan Moreno (Ispaniya) – 38.769

3. Oleksii Koliadix (Polsha) – 39.046

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1