Rossiya Tergov qo`mitasi “Vagner” rahbari Evgeniy Prigojin samolyoti qulagan joyda 10 kishining jasad va qora qutilarni aniqladi. Bu haqda “NTB” xabar berdi.
Dastlabki tergov harakatlari davomida halokat joyidan 10 kishining jasadi topilgan. Ularning shaxsini aniqlash uchun molekulyar-genetik ekspertiza o`tkazilmoqda.
Tekshiruv davomida parvozni qayd qiluvchi qurilmalar (qora qutilar) aniqlangan, voqea joyini batafsil tekshirish davom etmoqda, halokatning barcha holatlarini aniqlash uchun muhim bo`lgan ashyolar va hujjatlar olingan.
“Voqealarning barcha mumkin bo`lgan versiyalari sinchkovlik bilan tekshiriladi”, — deydi Rossiya Tergov qo`mitasi.






