1

Mutaxassis: Besh mahal ovqatlanish — besh mahal osh eyish kerak degani emas

Salomatlik 27.08.2023, 15:45
Mutaxassis: Besh mahal ovqatlanish — besh mahal osh eyish kerak degani emas

Mutaxassis: Besh mahal ovqatlanish — besh mahal osh eyish kerak degani emas

Shuhrat Ergashev, tibbiyot fanlari doktori, professor, shifokor-valeolog Shuhrat Ergashev to`g`ri ovqatlanish haqida ma`lumot berdi. 

— To`g`ri ovqatlanish qoidalariga amal qilish kuniga besh mahal ovqatlanish rejimini tashkil qilishdan boshlanadi. 

Oshqozonosti bezi har uch soatda turli gormon va fermentlar ishlab chiqaradi. Gormonlar qonga singadi, fermentlar esa ichaklardagi ozuqalarni hazm qilishga sarflanadi.

Besh mahal ovqatlanilmasa, oshqozonosti ishlab chiqargan fermentlar o`z vazifasini to`liq bajara olmaydi va natijada boshqa organlar faoliyatining buzilishiga olib keladi. Shu bois ko`p mamlakatlarda besh mahal taomlanish odat tusiga kirgan.

Ko`pchilik “zo`rg`a uch mahal ovqatlanishga vaqt topamiz” yoki “uch mahal taom eb, shuncha vazn to`plaganman, besh mahal ovqatlansam nima bo`ladi”, deb aytishadi. Ammo vaqtida to`g`ri taomlanish insonlardan ko`p vaqt talab qilmaydi, bunday holatda ortiqcha vazn to`planishi esa umuman asossiz fikr.

Chunki besh mahal ovqatlanish, besh mahal osh eyish kerak, degani emas. Shunchaki, og`ir hazm bo`luvchi taomlar, yog`li va qovurilgan mahsulotlarni tanovul qilishdan tiyilish talab etiladi, xolos.  

Nonushtadan uch soat o`tgandan so`ng esa olma yoki boshqa biror ho`l mevani eyish mumkin.  

Ma`lum bo`lishicha, inson bitta sigareta chekish uchun 5-6 daqiqa vaqt sarflaydi. Bitta olma eyishga esa atigi 2 daqiqa talab etiladi.  

Yana 3 soatdan so`ng tushlik vaqti bo`ladi. Bunda uch soat oldin engil taomlanilgani uchun odam och qolmaydi va keragidan ortiqcha ovqatlanib, oshqozonini qiynab qo`ymaydi. Tushlikda xohishiga ko`ra, birinchi, ikkinchi qilib taomlanishi mumkin, ammo ko`p yog`li ovqat emaslik talab etiladi.

Tushlikdan uch soat o`tgach, bir stakan qatiq yoki bir dona shirinlik eyish mumkin. Shunda kechki taomda ham me`yorida ovqatlanishimiz ta`minlanadi.

Xalqimiz taomlanayotgan vaqtda choy ichishni ham odatga aylantirgan. Bu inson organizmi faoliyatini buzadi.

Ovqat bilan birga choy emas, turli sharbatlar yoki qaynatilgan suv iste`mol qilish kerak. Choyni esa taom egandan 2 soat o`tgach, ichish tavsiya etiladi.  

Aslida biz hozir ham ovqat tanovuli uchun shuncha vaqt sarflaymiz hamda o`sha miqdordagi mahsulotlarni iste`mol qilamiz. Faqatgina ovqatlanish tartibiga rioya qilmaymiz.  

To`g`ri taomlanish degani foydali mahsulotlarni o`z vaqti va o`rnida iste`mol qilish demakdir.  

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1