AsosiyDunyo

Qozog`istondagi konda yong`in sodir bo`ldi

'Qozog`istondagi konda yong`in sodir bo`ldi'ning rasmi

Bugun, 27 avgust kuni Qozog`istonning Qarag`anda viloyatidagi “Saranskaya” konida yong`in yuz berdi. Bu haqda “Tengrinews” xabar berdi.

“27 avgust kuni soat 01:55 da “Saranskaya” konida yong`in sodir bo`ldi va avariyani bartaraf etish rejasi joriy etildi. Yong`in o`chirildi. Barcha ishchilar er yuzasiga chiqdi”, deyiladi “ArselorMittal Temirtau” aksiyadorlik jamiyati xabarida.

Aytishlaricha, yong`in oqibatida halok bo`lganlar yo`q. Hodisa sabablari o`rganilmoqda.

    Boshqa yangiliklar