1

Jaloliddin Masharipov “Paxtakor” mashg`ulotlarida ko`rinish berdi

Sport 28.08.2023, 11:12
Jaloliddin Masharipov “Paxtakor” mashg`ulotlarida ko`rinish berdi

Sal avval Saudiyaning "Al-Nasr" klubini tark etgan o`zbekistonlik futbolchi Jaloliddin Masharipov “Paxtakor” mashg`ulotlarida ko`rinish berdi.

Klub xabarlariga ko`ra, ertaga 29 avgust kuni Navoiyda “Qizilqum” bilan uchrashuv bo`lib o`tadi. 

FIFA kunlarida MTJ AQShga safar qilinadi. 

"Sport formasini ushlab turish maqsadida Jaloliddin Masharipov murabbiymiz Maksim Shaskix bilan kelishgan holda umumiy guruh mashg`ulotlarida qatnashyapti", - deyiladi xabarda. 

Eslatib o`tamiz, Masharipov "Al-Nasr"da 2021 yildan beri to`p surib kelyotgan edi, o`shandan beri Saudiya klubi uning transferi uchun "Paxtakor"ga 1 million evro to`lagan. Sal avval esa Krishtianu Ronaldu to`p surayotgan "Al-Nasr" klubi o`zbekistonlik futbolchi Jaloliddin Masharipov jamoani tark etganini malum qildi

O`tgan mavsumda "Paxtakor"ning 29 yoshli o`yinchisi Saudiya Arabistoni chempionatida "Al-Nasr" safida 14ta o`yin o`tkazib, 2ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Oldinroq Ronaldu "Al-Nasr"da Masharipovdan ettinchi raqamni olgani va u klubning bu qaroridan norozi bo`lgani aytilgandi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1