AsosiyDunyo

Qozog`iston maktablarida yillik o`qish ikki haftaga qisqartirildi

'Qozog`iston maktablarida yillik o`qish ikki haftaga qisqartirildi'ning rasmi

Qozog`istonda barcha sinflar uchun barcha fanlar bo`yicha o`quv rejasi ikki haftaga qisqartiriladi. Bu haqda “Sputnik Qozog`iston” xabar qilmoqda.

Ma`lum filinishicha, 34 haftalik o`quv yiliga qaytish munosabati bilan namunaviy o`quv dasturlariga o`zgartirishlar Qozog`iston Ta`lim vazirligi tomonidan tayyorlandi.

25 avgust kuni bo`lib o`tgan avgust konferensiyasida Bosh vazir o`rinbosari – Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri Tamara Duysenova Ta`lim vazirligining qarori shoshqaloqlik bilan qabul qilinganini aytgan edi. U 34 haftalik o`quv yiliga qaytishni, ya`ni 25 may kuni yakunlashni taklif qildi.

Barcha fanlar bo`yicha o`qitish soatlarini qisqartirish to`g`risidagi buyruq loyihasi Open NPA veb-saytida e`lon qilingan.

Shunday qilib, birinchi sinf o`quvchilari uchun dars soatlari 114 soatdan 102 soatga qisqardi.

1-4-sinflar uchun mehnat ta`limiga avval tasdiqlangan 35 soat o`rniga yiliga 33 soat vaqt ajratiladi. 7-9-sinf o`quvchilari uchun algebra fanidan 108 soat o`rniga 102 soat, geometriyadan 72 soat o`rniga 68 soat, kimyo va geografiya fanlari ham o`zlashtiriladi. 5-9-sinflar uchun informatikadan 36 soat o`rniga 34 soat, 5-9-sinflar uchun jismoniy tarbiya 108 soat o`rniga 102 soat ajratilgan. 

36 haftalik o`quv yiliga o`tish zaruriy qo`shimcha tayyorgarlikni talab qiladi, deyiladi hujjatda. 2023-2024 o`quv yili 2023 yil 1 sentyabrdan 2024 yil 25 maygacha davom etadi.

    Boshqa yangiliklar