AsosiyJamiyat

Prezidentimiz yana bir bor maktab ta`limi kelajagimiz masalasi ekaniga e`tibor qaratdi.

'Prezidentimiz yana bir bor maktab ta`limi kelajagimiz masalasi ekaniga e`tibor qaratdi.'ning rasmi

Prezidentimiz yana bir bor maktab ta`limi kelajagimiz masalasi ekaniga e`tibor qaratdi.

“Mana shu imkoniyatdan foydalanib, yurtimizdagi barcha o`qituvchi va muallimlarni, o`z maktabini sog`ingan va “men ham o`quvchi bo`laman!” deb quvonchi ichiga sig`may turgan farzandlarimizni, ularning ota-onalarini yaqinlashib kelayotgan yangi o`quv yili bilan chin dildan tabriklayman.  

Qadrli o`qituvchi va muallimlar, maktab direktorlari va ularning o`rinbosarlariga murojaat qilmoqchiman.

Aziz ustozlar, maktab ta`limi sohasidagi islohotlarimizni amalga oshirishda men sizlarni o`zimning eng yaqin yordamchim, deb bilaman.

Sizlar bir haqiqatni albatta yaxshi tushunasiz. Ya`ni, biz maktab ta`limini yanada yaxshilash bo`yicha qabul qilayotgan chora-tadbirlarimizning pirovard natijasi avvalo sizlarga, sizlarning fidokorona mehnatingizga bog`liq.

Men sizlarning timsolingizda o`z hayotini dunyodagi eng ulug` va olijanob ishga – yangi avlod tarbiyasiga bag`ishlagan, o`z kasbiga sodiq va fidoyi insonlarni ko`raman.

Bugun sizlar ta`lim-tarbiya berayotgan, qalbini, ongini ezgulik bilan to`ldirayotgan millionlab farzandlarimiz ertaga Yangi O`zbekiston bunyodkorlari bo`lib bizning safimizga kiradi.  

Vatanimiz, xalqimiz sizlarning bunday olijanob xizmatlaringizni hech qachon unutmaydi.  

O`qituvchilik kasbini e`zozlash, uning mehnatini qadrlash bundan buyon ham e`tiborimiz markazida bo`ladi”, - dedi davlatimiz rahbari.

Yig`ilish yakunida vazirlar va hokimlarning kun tartibidagi masalalar yuzasidan hisoboti tinglandi.

    Boshqa yangiliklar