Huquqbuzarliklar profilaktikasi, yo`l-patrul va patrul-post xizmati bo`linmalari xodimlarini «Fuqarolar bilan ishlash moduli» bo`yicha uzluksiz o`qitish amaliyotini yo`lga qo`yish orqali ularning sohada samarali xizmat olib borishdagi shaxsiy mas`uliyati oshiriladi.
Bunda Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida davomiyligi 144 soatdan kam bo`lmagan dastur asosida xodimlar har uch yilda bir marta o`qitilib, maxsus sinovdan o`tkaziladi hamda sinovlarni muvaffaqiyatli topshirgan xodimlarga kelgusida ushbu sohada xizmat qilish huquqini ta`minlaydigan sertifikat beriladi.






