AsosiyJamiyat

Xitoy 30 avgustdan boshlab sayohatchilar uchun COVID-19 antigenini tekshirishni bekor qiladi

'Xitoy 30 avgustdan boshlab sayohatchilar uchun COVID-19 antigenini tekshirishni bekor qiladi'ning rasmi

Xitoy 30 avgustdan boshlab xorijdan kelayotgan sayyohlar uchun koronavirus antigenini tekshirish talabini bekor qiladi. Bu haqda Xitoy tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Van Venbin brifing chog`ida ma`lum qildi.

“2023 yil 30 avgustdan boshlab Xitoyga kelgan odamlar PSRdan oldingi testdan o`tishlari yoki COVID-19 antigeni testini o`tkazishlari shart emas”, — dedi Van Venbin.

Ma`lum qilinishicha, Xitoy 2022 yil oxirida COVID-19ga nisbatan nol tolerantlik siyosatini tugatdi. 15 martdan Xitoy hukumati xorijiy fuqarolarga barcha turdagi vizalar berishni boshladi. Shanxayga kruiz kemalarida vizasiz sayohat qilish imkoniyati ham yana paydo bo`ldi. Aprel oyi oxirida Xitoy hukumati mamlakatga kiruvchilar uchun COVID-19 uchun PSR testi natijalarini taqdim etish talabini bekor qildi. Xitoyga kelganlar ketishdan oldin 48 soat ichida koronavirus antigeni testini topshirishlari kifoya edi.

    Boshqa yangiliklar