AsosiyJamiyat

"Tez yordam”ning hududiy filiallarida yagona “Call-markaz”lar faoliyati yo`lga qo`yildi

'"Tez yordam”ning hududiy filiallarida yagona “Call-markaz”lar faoliyati yo`lga qo`yildi'ning rasmi

Tibbiyot tizimidagi islohotlar natijasini odamlar, birinchi navbatda, tez tibbiy va shoshilinch yordamda bo`lgan o`zgarishlarni ko`rganda his qiladi. Shu bois yurtimizda ushbu hayotiy muhim sohaning moddiy-texnik bazasini yaxshilash, bemorlarga xalqaro andozalarga mos tez tibbiy yordam ko`rsatish borasida katta ishlar amalga oshirilmoqda.

 Jumladan:
- bundan 6-7 yil avval mamlakatimiz tez tibbiy yordam tizimida 1868 ta avtomashina bor edi. 2023 yilning ayni davriga kelib esa “103” xizmatida 2960 ta avtomobil aholiga sifatli tez tibbiy xizmat ko`rsatyapti.
- Zamonaviy reanimobillar soni 578 taga etdi. Maxsus avtomashinalar parki 60-70 foizga yangilandi;
2016 yilda mamlakatda 1648 ta tez yordam brigadasi faoliyat yuritgan bo`lsa, bugungi kunda ularning soni 2762 tani tashkil etmoqda;
- “103” xizmatiga chaqiruv bo`lganda manzilga etib borish vaqti o`rtacha 25-30 daqiqadan 8-12 daqiqagacha qisqardi;
 dori turlari 20 tadan 45 tagacha oshirildi;
-  hududlarda 39 ta tumanlararo qo`shma shikastlanish va o`tkir qon-tomir kasalliklari markazlari tashkil etildi. Bu haqda SSV Matbuot xizmati xabar bermoqda

Natijada tuman va shahar aholisining viloyat markazlaridagi tibbiyot muassasalariga murojaatlari soni keskin kamaydi.
Ta`kidlash lozimki, so`nggi yillarda ushbu yo`nalishni yanada rivojlantirishga davlat tomonidan katta e`tibor qaratilmoqda.
 Xususan, Prezidentimiz 2022 yil 16 iyunda “Aholiga tez tibbiy yordam ko`rsatish tizimini takomillashtirish to`g`risida”gi qarorni imzoladi. Unda sohada tibbiy yordam ko`rsatishni yanada yaxshilash bo`yicha bir qator muhim vazifalar belgilandi.
 Unga ko`ra, Respublika tez tibbiy yordam markazi va uning 14 ta hududiy filiali tez tibbiy yordam xizmati hamda tibbiy avtoxo`jaliklar negizida tashkil etildi. 
 Markazning hududiy filiallarida – yagona “Call-markaz”lar faoliyati yo`lga qo`yildi. 
 Toshkent shahar, Andijon, Jizzax, Namangan, Samarqand, Surxondaryo va Toshkent viloyat filiallarida chaqiriqlar elektron avtomatlashtirilgan tizimi orqali joriy qilindi. Qolgan filiallarda ushbu tizim yo`lga qo`yilishi davom etmoqda. 
 “Call-markaz”larda chaqiruvlarni qabul qiluvchi xodimlar bilan birga, shifokor xodimlardan iborat maxsus tibbiy maslahat xizmati faoliyati tashkil etilyapti.

 Shuningdek:
Prezident qarorida 2022-2025 yillar davomida maxsus avtomashinalar parkini yangilash ishlari belgilangan.

Shu sababli ekspluatasiya muddatini o`tab bo`lgan, ma`nan eskirgan “Damas” va boshqa avtotransport vositalarini “Huundai”, “Ford”, “Volkswagen” va “Iveco” kabi jzamonaviy va zarur tibbiy jihozlar bilan ta`minlangan maxsus avtomobillarga bosqichma-bosqich almashtirish ko`zda tutilgan.

    Boshqa yangiliklar