Xabaringiz bor, Pokistonning sobiq bosh vaziri Imron Xon 3 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan edi.
Pokiston Oliy sudi sobiq bosh vazir Imron Xon ustidan sud jarayonini to`xtatib, uni garov evaziga ozod qilishga ruxsat berdi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
Islomobod Oliy sudi seshanba kuni *Tehrik-e-Insaf" partiyasi raisi Imron Xonni garov evaziga qo`yib yuborishga ruxsat bergan.
Hozirgi bosh vazir Shahboz Sharif uni Dubayda 140 million Pokiston rupiysi (630 ming dollardan ortiq) qiymatidagi davlat xazinalarini sotganini aytgan edi.






