"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Toshkent shahar filiali Matbuot xizmatining xabar berigicha, bugun, 30 avgust kuni quyidagi manzillarda elektr ta`minoti vaqtincha o`chiriladi:
Mirobod tumani: "At-Termiziy" MFYning ayrim ko`chalarida soat 10:00 dan 17:00 gacha;
Uchtepa tumani: "Diyorobod" MFYning ayrim ko`chalarida soat 09:00 dan 17:00 gacha.
O`z navbatida, yuqoridagi hududlarda ta`mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligini bildirib o`tamiz.
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Toshkent shahar filiali mazkur ta`mirlash ishlari tufayli elektr ta`minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli etkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi iste`molchilardan uzr so`raydi, deyiladi xabarda.






