AsosiyJamiyat

Oylik olish vaqti bayramga to`g`ri kelsa, ish haqi qachon to`lanishi kerak?

'Oylik olish vaqti bayramga to`g`ri kelsa, ish haqi qachon to`lanishi kerak?'ning rasmi

Oylik olish vaqti bayramga to`g`ri kelsa, ish haqi qachon to`lanishi kerakligini bilasizmi? Quyida ushbu savolga javob topishingiz mumkin: 

1. Mustaqillik bayramida necha kun dam olinadi?

Mustaqillik bayrami arafasida barcha xodimlar 3 kun dam oladi, xususan:
– 1 sentyabr (juma) – Mustaqillik bayrami kuni (Mehnat kodeksi 208-moddasiga ko`ra ishlanmaydigan bayram);
– 2 sentyabr (shanba) – dam olish kuni (Prezident Farmoniga ko`ra 6 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar uchun qo`shimcha dam olish kuni, hech qayci kundan ko`chirilmagan);
– 3 sentyabr (yakshanba) – dam olish kuni (Mehnat kodeksi 208-moddasiga ko`ra umumiy dam olish kuni).

2. Oylik bayramdan keyin beriladimi?

Oylik (ish haqi) to`lanadigan kun dam olish kuniga yoki ishlanmaydigan bayram kuniga to`g`ri kelib qolganda ish haqi ushbu kunlar arafasida to`lanadi, ya`ni 1 sentyabrdan oldin to`lanishi kerak.

Oylik olish vaqti kechiktirilsa kechiktirilgan har bir kun uchun Markaziy bank qayta moliyalash stavkasining 10 foizi miqdorida kompensasiya to`lanishi kerak.
Markaziy bank stavkasi 14 foiz, shundan kelib chiqadigan bo`lsak oylikka nisbatan 1,4 foizda kompensasiya berilishi kerak.

3. Bayramdan oldingi kunda xodimlar kamida 1 soat oldin ishdan ketishi mumkin.

Ishlanmaydigan bayram kunlari arafasida har kunlik ishning (smenaning) davomiyligi barcha xodimlar uchun kamida bir soatga qisqartiriladi.

Agar ishni qisqartirish imkoni bo`lmasa (masalan, uzluksiz ishlaydigan tashkilotlarda va ayrim turdagi ishlarda) ortiqcha ishlaganlik uchun xodimga qo`shimcha dam olish vaqti beriladi yoki o`sha vaqt uchun 2 hissa haq to`lanadi.

    Boshqa yangiliklar