AsosiyJamiyat

Ko`chmas mulkni ro`yxatdan o`tkazishda nizolarni sudga qadar hal qilish tartibi belgilandi

'Ko`chmas mulkni ro`yxatdan o`tkazishda nizolarni sudga qadar hal qilish tartibi belgilandi'ning rasmi

Hukumat qarori bilan Ko`chmas mulkka bo`lgan huquqlarni davlat ro`yxatidan o`tkazish vaqtida yuzaga keladigan nizolarni sudga qadar hal qilish tartibi to`g`risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Huquqiy axborot xabar bermoqda.

Nizomga ko`ra, manfaatdor shaxs ko`chmas mulkka bo`lgan huquqlarni davlat ro`yxatidan o`tkazishda Davlat kadastrlari palatasi mas`ul xodimlarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilib, Ko`chmas mulkka bo`lgan huquqlarni davlat ro`yxatidan o`tkazishda yuzaga keladigan nizolarni ko`rib chiquvchi komissiyaga yozma yoki Davlat kadastrlari palatasi rasmiy veb-sayti orqali elektron murojaat qilishi mumkin.

Komissiya murojaatni kelib tushgan kundan e`tiboran 10 ish kuni ichida ko`rib chiqishi shart (murojaatlar soni bir yoki bir nechta bo`lishidan qat`i nazar).

Manfaatdor shaxs yoki uning qonuniy vakili murojaatlar ko`rib chiqilishida ishtirok etish huquqiga ega.
 Arizani ko`rib chiqish natijalari bo`yicha tegishli qaror qabul qilinadi.
Manfaatdor shaxs Komissiya qaroridan norozi bo`lsa, qarorni olgan kundan boshlab 2 oy muddatda apellyasiya komissiyasiga murojjat qiladi.

Shunga ko`ra, Apellyasiya komissiyasi murojaatni 10 ish kuni ichida ko`rib chiqadi. 

Manfaatdor shaxs Komissiya va apellyasiya komissiyasi qarorlaridan norozi bo`lgan holatlarda belgilangan muddatlarda sudga shikoyat qilishi mumkin. 
 

    Boshqa yangiliklar