Markaziy bank xorijiy valyutalarning o`zbek so`miga nisbatan 31 avgustda amalda bo`ladigan qiymatini e`lon qildi.
1 AQSh dollarining rasmiy kursi 5,13 so`mga ko`tarilib, 12 ming 089,97 so`mni tashkil etgan. 1 evro kursi 13 ming 164,77 so`mga baholanib, 96,22 so`mga ko`tarilgan.
Shuningdek, 1 rubl 125,97 so`m etib belgilanib, 0,55 so`mga ko`tarildi.
Ma`lumot uchun, ushbu almashuv kurslari 31 avgust, payshanba kunidan kuchga kiradi.






