1

AQShda 10 yoshli arvohning kelajakka yozgan xati topildi

Dunyo 21.10.2016, 15:12
AQShda 10 yoshli arvohning kelajakka yozgan xati topildi

AQShning Nyu-Meksiko shtatidagi maktabni buzish vaqtida noodatiy xat saqlangan kapsula topildi, deb xabar breadi “Vesti”. 

AQShdagi maktablarda o`ziga xos an`ana bor. Unga ko`ra, boshlang`ich sinf o`quvchilari kelajak avlod vakillariga xat yozadi va uni “vaqt kapsula” siga soladi hamda ta`lim muassasasi hududiga ko`mib qo`yadi. 

Odatda mana shunday xatlarda o`quvchilar o`zlari sevib tomosha qiladigan filmlar va qo`shiqlari hamda kelajakni qanday tasavvur qilishlari haqida yozadi. Biroq 1968 yilda erga ko`milgan kapsuladan g`ayritabiiy ma`nodagi maktub chiqdi. 

10 yoshli Greg Li Yangmen o`z xatida yozishicha, u mazkur maktubni yozayotganida aslida o`lik bo`lgan.

“Men o`lganman. Montgomeridagi maktabga qatnayman. Bu maktabning eski nomi. Men 1900 yilda tug`ilganman. Hozir men o`lganman. Mening sevimli mashg`ulotim—polisiyani qo`rqitish. Men gitara chalaman. Agar uning nima ekanligini bilmasangiz, u torlari bor taxta. Hozir yoshim 10da. Ko`rishguncha, yovvoyilar!”,—deb yozadi “arvoh” o`z xatida.  

Hozirda mazkur sirli o`quvchi, uning hayoti, o`limi haqida birorta ma`lumot  topilmagan. 

Shaharning ta`lim muassasalari bo`yisa qo`mitasi ayni paytda vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida tekshiruv o`tkazmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1