AsosiyDunyo

Trampga qarshi yana bir sud jarayoni kelasi yilning 4 martida boshlanishi rejalashtirilgan

'Trampga qarshi yana bir sud jarayoni kelasi yilning 4 martida boshlanishi rejalashtirilgan'ning rasmi

AQShning sobiq prezidenti Donald Trampning 2020 yilgi prezidentlik saylovi natijalarini bekor qilish to`g`risidagi ishi 2024 yil 4 martdan boshlab ko`rib chiqiladi, deb xabar bermoqda VVC.

Maxsus prokuror Jek Smit AQShning 45-prezidenti ustidan sud jarayonini 2024 yil 2 yanvarda, Trampning advokatlari esa sud jarayonini 2026 yil aprelida — saylovdan 17 oy o`tgach boshlashni so`ragan.

«Sud muhokamasi sanasini belgilash ayblanuvchining kasbiy majburiyatlarini hisobga olmaydi, shuning uchun janob Tramp bu sanaga rozi bo`lishi kerak», – dedi sudya.

Ayblov xulosasida Trampga to`rtta modda, jumladan, Qo`shma Shtatlarni aldash maqsadida fitna uyushtirish, adolatga to`sqinlik qilish va fuqarolik huquqlarini buzish kabi ayblovlar qo`yilgan.

Saylovlarni buzish Trampga qarshi to`rtta jinoiy ayblovdan biridir. Sobiq prezident barcha ayblovlarni rad etadi.

77 yoshli Tramp kelasi yilgi prezidentlikka da`vogarlik qilmoqchi va Respublikachilar partiyasidan nomzodlar orasida asosiy davogar hisoblanadi.

Prezidentlikka nomzodning partiyalararo saylovi yanvar oyida boshlanadi, shuning uchun sud jarayoni praymerizlar avjida bo`lib o`tadi.

Kelgusi yil 25 martda Tramp Nyu-Yorkda porno aktrisalarga pul to`laganlik uchun moliyaviy firibgarlikda ayblanib, may oyida esa Floridada maxfiy hujjatlar bilan noto`g`ri muomala qilganlikda ayblanib, sud jarayoni bo`lib o`tadi.

Tramp va yana 18 kishi Jorjiyadagi 2020 yilgi saylovlarga ta`sir o`tkazishga uringanlikda ayblangan. Bu jarayonning boshlanish sanasi hali belgilanmagan.

    Boshqa yangiliklar