AsosiySport

Krishtianu Ronaldu yana bir jahon rekordini yangiladi

'Krishtianu Ronaldu yana bir jahon rekordini yangiladi'ning rasmi

Bu haqda Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federasiyasi (IFFHS) xabar berdi.

Kecha, 30 avgust kuni Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” klubi sardori Krishtianu Ronaldu rasman milliy chempionatlarda raqib darvozasiga urilgan gollar soni bo`yicha jahon rekordini o`rnatdi.

U shu kuni Saudiya chempionati doirasida tashkil etilgan “Al-Nasr” va “Al-Shabob” klublari o`rtasidagi bahsda raqib darvozasiga 2 ta to`p kiritib, hisobidagi gollar sonini 517 taga etkazib qo`ydi.

Shu tariqa, Ronaldu Yozef Bitsan va Ferens Pushkashni 2 ta to`p nisbati bilan ortda qoldirdi. Ular milliy chempionat o`yinlarida 515 tadan golga mualliflik qilishgan.

    Boshqa yangiliklar