Ko`pkari bo`yicha Qirg`iziston prezidenti kubogi finalidan so`ng ommaviy tartibsizliklar yuz berdi. Bu haqda “Sputnik Qirg`iziston” xabar qildi.
Asosiy bahsda "Dostuk" va "Intmak" jamoalari to`qnash keldi. 2:1 hisobidagi g`alabadan so`ng, ayrimlar hakamning qaroridan norozi bo`lishdi. Maydonda o`yin tugagandan so`ng, odamlar tribunadan yugurishdi, ba`zilari tosh otishni boshladi.
O`sh viloyati ichki ishlar boshqarmasi surishtiruv ishlarini boshlab yubordi.
Tadbirda Qirg`iz prezidenti ham ishtirok etayotgan bo`lgan. Internetda Sadir Japarovning bugungi tartibsizliklarga munosabati aks etgan kadrlar paydo bo`ldi.
Bosh prokuror va Xalqaro ko`pkari assosiasiyasining vaqtinchalik rahbari Qurmanqul Zulushev ham voqeani kuzatgan.
O`shdagi tartibsizliklardan so`ng Ichki ishlar vazirligi qirg`iz xalqini mintaqalararo adovatni qo`zg`atmaslikdan ogohlantirdi.
Qayd etilishicha, so`nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda turli provokasion materiallardan iborat xabarlar paydo bo`lgan. Ichki ishlar vazirligi ushbu postlar va audioyozuvlar mualliflarini qidirmoqda.
Bunday materiallarni tarqatish 200 ming so`mgacha jarima yoki 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.