AsosiyJamiyat

Curxondaryoda maktab direktorini kaltaklagan erkak qamoqqa olindi (video)

'Curxondaryoda maktab direktorini kaltaklagan erkak qamoqqa olindi (video)'ning rasmi

Curxondaryodagi 28-maktab direktorini kaltaklagan erkak qamoqqa olindi. Bu haqda viloyat hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Xabar qilinishicha, bugun viloyat Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan Umida Tursunovaga himoya orderi berilgan. Uning davolanishi hamda sog`ligini tiklashi uchun zarur sharoitlarni yaratish maqsadida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Surxondaryo filialiga yotqizilgan.

Unga tan jarohati etkazgan shaxsga nisbatan qamoqqa olish tartibidagi ehtiyot chorasi qo`llanildi. Xozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Eslatib o`tamiz, holat yuzasidan JKning 109-moddasi (qasddan badanga engil shikast etkazish) 2-qismi va 277-moddasi (bezorilik)  3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

    Boshqa yangiliklar