AsosiyJamiyat

Toshkentda avtobus qarama-qarshi yo`nalishda harakatlandi (video)

'Toshkentda avtobus qarama-qarshi yo`nalishda harakatlandi (video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida avtobus qarama qarshi tarafdan harakatlangani aks etgan video tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Toshshahartransxizmat rasmiy ma`lumot berdi.

Qayd etilishicha, mazkur holat joriy yilning 28 avgust kuni "1-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan  "King Long" rusumli, davlat raqami 01|824 LKA bo`lgan 93-sonli "Food city savdo majmuasi - Yunusobod mavzesi 9-daha" avtobus yo`nalishi haydovchisi O.R. tomonidan amalga oshirilgan.

Hozirda mazkur qoidabuzarlikka nisbatan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo`l harakati xavfsizligi xodimlari tomonidan ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, qoidani buzgan avtobus haydovchisi jarimaga tortilgan.

    Boshqa yangiliklar