Kasalikka chalingan 10 kishi kasalxonaga yotqizilgan. Bu haqda Oqmo`la viloyati veterinariya boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Holat Jarqayn tumani Ushkarasu qishlog`ida sodir bo`lgan. Mahalliy iqtisodiyotda jami hisobda 37 bosh qoramol ushbu kasaldan nobud bo`lgan. Ularning go`shti esa qishloq aholisiga tarqatilgan. Natijada 12 kishi kuydirgi kasaligiga chalingan deb gumon qilinib, shifoxonaga yotqizilgan. Ularning o`ntasida tashxis tasdiqlangan.
Bemorlarning barchasi hozir Esil viloyat shifoxonasining yuqumli kasalliklar bo`limiga joylashtirilgan. Bundan tashqari, mutaxassislar bemorlar bilan aloqada bo`lgan 22 nafar shaxsni aniqladi.