AsosiyJamiyat

Xalqaro olimpiadada ikkita oltin medal olgan o`zbekistonlik o`quvchiga “urvoq” ham berilmagani aytildi

'Xalqaro olimpiadada ikkita oltin medal olgan o`zbekistonlik o`quvchiga “urvoq” ham berilmagani aytildi'ning rasmi

Italiyaning Rim shahrida tarix fani bo`yicha xalqaro olimpiadada ikkita oltin va bitta kumush medal olgan o`zbekistonlik o`quvchiga “Faxriy yorliq” ham berilmagani aytildi. Toshkent shahar Maktabgacha va maktab ta`limi boshqarmasi holat yuzasidan tushuntirish berdi.

Ma`lum qilinishicha,  Chilonzor tumanidagi 103-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta`lim maktabi 11-“V” sinf o`quvchisi Humoyun Baxtiyorov Rim shahrida tarix fanidan o`tgan xalqaro olimpiadada yuqori natijalarni qo`lga kiritgan. Bu haqda boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida tezkorlik bilan axborot va xabarlar e`lon qilingan. 

Shuningdek, Toshkent xalqaro aeroportida iqtidorli o`quvchi H.Baxtiyorov Maktabgacha va maktab ta`limi vazirligi, Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta`limi boshqarmasi, tuman bo`limi mas`ullari, maktab ma`muriyati, ota-onalar va keng jamoatchilik tomonidan tantanali kutib olingan.

Xalqaro olimpiada ayni yozgi ta`til chog`iga to`g`ri kelgani munosabati bilan o`quvchini tantanali taqdirlash maktab ma`muriyati tomonidan 4 sentyabr kuni bo`ladigan “Birinchi qo`ng`iroq” tadbiri doirasida o`z maktabdoshlari guvohligida uyushtirilishi belgilangan.

    Boshqa yangiliklar