Iste`molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi etkazib berilishini ta`minlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarni oldini olish, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko`rish maqsadida bugun, 4 sentyabr kuni Toshkentning qator manzillarida elektr ta`minoti vaqtincha o`chiriladi. Bu haqda "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Toshkent shahar filiali Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Jumladan:
Yunusobod tumani: "Sobirobod" MFYning ayrim ko`chalarida soat 09:00 dan 16:00 gacha;
Mirzo Ulug`bek tumani: "Yangi Avayxon" MFYning ayrim ko`chalarida soat 10:00 dan 16:00 gacha.
"O`z navbatida, yuqoridagi hududlarda ta`mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligini bildirib o`tamiz. Mazkur ta`mirlash ishlari tufayli elektr ta`minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli etkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi iste`molchilardan uzr so`raymiz", - deyiladi xabarda.






