AsosiyDunyo

Meksikada samolyot qulashi oqibatida 38 yoshli uchuvchi vafot etdi

'Meksikada samolyot qulashi oqibatida 38 yoshli uchuvchi vafot etdi'ning rasmi

Meksika g`arbidagi Sinaloa shtatida tug`ilishi kutilayotgan bolaning jinsini e`lon qilish marosimi chog`ida kichik samolyot halokatga uchradi.Bu haqda Excelsior gazetasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, tashkilotchilar rejasiga ko`ra, samolyot mehmonlar ustidan pushti yoki ko`k tutun chiqarib uchib o`tishi kerak edi. Parvoz paytida u pushti tutun chiqardi va balandlikni yo`qota boshladi. Uchuvchi samolyotni o`z yo`lidagi daraxtlardan uzoqlashtirishga harakat qilgan, biroq manyovr natijasida samolyot qulab tushgan.

Ziyofat a`zolari voqeadan keyin qutqaruvchilarni chaqirishgan. 38 yoshli uchuvchi og`ir yaralanib, shifoxonaga etkazilgan. Keyinroq u kasalxonada vafot etgan.

    Boshqa yangiliklar