AsosiyDunyo

AQSh davlat kotibi Kievga tashrif buyurdi

'AQSh davlat kotibi Kievga tashrif buyurdi'ning rasmi

 

AQSh davlat kotibi Entoni Blinken Kievga rasmiy tashrif bilan keldi, deb xabar bermoqda "Evropa haqiqati" nashri

Ommaviy axborot vositalari Blinkenning Ukrainaga tashrifi ehtimoli haqida bir kun avval norasmiy xabar topdi. AQSh Davlat departamenti bu ma`lumotga izoh berishdan bosh tortdi. 

Qo`shma Shtatlar davlat kotibining tashrifi bo`yicha boshqa tafsilotlar hozircha oshkor etilmagan. 

6 sentyabrga o`tar kechasi Ukraina shaharlari, jumladan, Ukraina poytaxti raketa va dronlardan foydalangan holda ommaviy o`qqa tutilgani aytilgan. 

Havo hujumi haqida trevoga signali Blinken kelishidan bir necha soat oldin o`chirilgan.

    Boshqa yangiliklar