Qirg`iziston o`z tarixida birinchi marta milliy pasportlarini chop eta boshladi. Shu maqsadda “Uchqun” davlat bosmaxonasiga zamonaviy uskunalar o`rnatildi. Bu haqda 5 sentyabr kuni mamlakat prezidenti matbuot kotibi Erbol Sultonboev ma`lum qildi.
Unga ko`ra, avvalroq Qirg`iziston pasporti xorijda chop etilgan.
“Bu qandaydir vijdonsiz amaldorlarni va hatto jinoiy dunyo etakchilarini boyishning bir usuli edi. Ba`zida chet elda Qirg`izistonning qalbaki pasportlari paydo bo`lgan va ularning ishlab chiqarilgan joyini aniqlash har doim ham imkoni bo`lmagan”, - deydi Sultonboev.
Uning ta`kidlashicha, "mamlakat rasmiylari pasport mafiyasi bilan bir yil ichida kurashishga muvaffaq bo`ldi - bu unga qarshi kurashning boshida amaldagi prezident Sadir Japarov bo`lganligi tufayli amalga oshdi".
Sultonboevning aytishicha, Qirg`iziston har yili o`rtacha hisobda chet eldan bir yarim milliongacha ID-karta va fuqarolik pasportiga buyurtma bergan.
Qirg`iziston prezidenti Sadir Japarov joriy yilning fevral oyida ma`lum qilishicha, avvallari pasportlar, texnik pasportlar, haydovchilik guvohnomalarining blankalari xususiy kompaniyalar tomonidan berilgan va buning uchun davlat tomonidan 15 milliard so`m (hozirgi kurs bo`yicha 170 million dollar) to`langan, buning uchun byudjet mablag`lari to`langan. Endi g`aznaga 3 milliard so`m (34 million dollar)ga yaqin mablag` qaytariladi.






