AsosiyDunyo

Istanbuldagi otishmada O`zbekiston fuqarosi halok bo`ldi

'Istanbuldagi otishmada O`zbekiston fuqarosi halok bo`ldi'ning rasmi

Turkiyaning Istanbul shahrida qurolli otishma oqibatida o`zbekistonlik fuqaro halok bo`ldi. Bu haqda O`zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi axborot xizmati xabar berdi.

Unga ko`ra, 2 sentyabr kuni Turkiyaning Istanbul shahrida ikki jinoiy guruh o`rtasida qurolli otishma sodir bo`lgan. Bu vaqtda voqea joyiga yaqin erda mehnat faoliyatini olib borayotgan 46 yoshli O`zbekiston fuqarosi asli samarqandlik N.Z. ham og`ir yaralangan va shifoxonaga olib ketilgan.

Ko`rsatilgan tez tibbiy yordamlarga qaramasdan N.Z vafot etgan. Mahalliy huquqni muhofaza qiluvchi organlar jinoyat sodir etgan shaxslarni ushlab, ularga nisbatan tergov harakatlarini boshlagan.

Mazkur holat yuzasidan O`zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi tezkor ravishda fuqaroning jasadini Istanbul aeroportidan Samarqand viloyatiga yuborish uchun uning yaqinlariga amaliy yordam ko`rsatdi.

    Boshqa yangiliklar