AsosiyDunyo

Rossiyada haydovchilik qiluvchi o`zbekistonlik erkak yo`lovchi qizni zo`rladi

'Rossiyada haydovchilik qiluvchi o`zbekistonlik erkak yo`lovchi qizni zo`rladi'ning rasmi

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida taksichilik qiluvchi o`zbekistonlik erkak Nevskiy tumanida yashovchi 18 yoshli qizni zo`rlashda ayblanmoqda. Bu haqda "Fontanka" xabar berdi.

Qayd etilishicha, holat 2023 yil 3 sentyabrdan 4 sentyabrga o`tar kechasi, yarim tunda sodir bo`lgan. Nevskiy tumanida yashovchi mijoz yarim tunda taksi xizmatiga buyurtma bergan. O`zbekistonlik erkak jigarrang Hyundai Solaris avtomobilida qizni uyiga eltib qo`ymoqchi bo`lgan.

Jabrlanuvchining ta`kidlashicha, boshida hammasi joyida bo`lgan va erkak mashinani ohista haydagan. Qiz orqa o`rindiqda uxlab qolgan. Bundan foydalangan erkak qizni mashinaning old o`rindig`iga o`tkazgan va eshiklarni qulflagan. Jabrlanuvchi 2 soatlardan so`ng qochishga muvaffaq bo`lgan.

Shundan so`ng, u 4 sentyabr kuni erta tongda Janelidze nomidagi Shoshilinch tibbiy yordam ilmiy-tadqiqot institutiga murojaat qilgan.

Shifoxona xodimlari polisiyaga xabar bergan. Ma`lum bo`lishicha, qizning o`zi ham «112» yagona xizmatiga telefon orqali bog`langan.

    Boshqa yangiliklar