Qozog`istonda 5 yoshli qizchani zo`rlab, o`ldirgan erkak umrbod qamoq jazosi va kimyoviy kastrasiyaga hukm qilindi (video)

Jinoyat 07.09.2023, 21:18
Qozog`istonda 5 yoshli qizchani zo`rlab, o`ldirgan erkak umrbod qamoq jazosi va kimyoviy kastrasiyaga hukm qilindi (video)

Qozog`istonning Turkiston viloyatida 5 yoshli qizchani zo`rlab, o`ldirgan xavfli residivist umrbod qamoq jazosi va kimyoviy kastrasiyaga hukm qilindi. Bu haqda Zakon.kz xabar berdi.

Qayd etilishicha, 2023 yilning 13 iyul kuni mahalliy vaqt bilan 13:00 lar atrofida Turkiston viloyatining Sariog`och tumanida yashovchi 5 yoshli Erkejan Nurmaxan ismli qizcha yo`qolib qolgan. Qizning onasi uning yo`qolgani haqida ariza bergan. Uni qidirishga deyarli butun qishloq aholisi qo`shilgan. Shu kuni qizchaning jasadi zo`rlash alomatlari bilan topilgan. Gumonlanuvchini ham qishloq aholisining o`zi aniqlagan.

Ma`lum bo`lishicha, jinoyatni muqaddam qotillikda ayblanib 10 yilga qamalgan xavfli residivist sodir etgan. U, shuningdek, 2023 yilda badanga og`ir shikast etkazgani uchun shartli qamoq jazosiga ham hukm qilingan.

Sud hukmiga ko`ra, u umrbod qamoq va kimyoviy kastrasiya jazosi tayinlangan. Ayblanuvchi jazoni qattiq rejimdagi koloniyada o`tashi belgilangan. Shuningdek, u marhumning oilasiga 100 million tenge (214,9 ming dollar) ma`naviy zararni ham to`laydi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1