1

O`zbekistonning “Humo” xokkey klubi Pro Hokei Ligasychempionatida oltin medal uchun bellashadi

Sport 08.09.2023, 20:43
O`zbekistonning “Humo” xokkey klubi Pro Hokei Ligasychempionatida oltin medal uchun bellashadi

9 sentyabr, shanba kuni Pro Hokei Ligasy xalqaro chempionati boshlanadi va unda Toshkentning “Humo” xokkey klubi birinchi o`rinni qo`lga kiritish uchun kurashadi.

Dastlabki o`yin shanba va yakshanba kunlari Ostonada bo`lib o`tadi va unda sportchilarimiz Qozog`istonning chempionjamoasi “Nomada” bilan bellashadilar. Chempionat o`yinlarining jonli efirini Internet. xavolasi orqali tomosha qilish mumkin. O`tgan mavsumda, bu ikki jamoa finalpley-off bosqichida uchrashgan bo`lib, birinchi o`yinda “Humo” g`alabani qo`lga kiritsada, lekin qolgan to`rt o`yinda raqiblariga pand berib, ikkinchi o`rinni egallagan. Bu yil sportchilarimiz Pro Hokey Ligasy chempionatining oldin medallariga sazovor bo`lishni maqsad qilishgan.

Xokkey mavsumining boshlanishi 13 va 14 sentyabr kunlari Toshkentda “Humo Arena” stadionida bo`lib o`tadi, u erda “Humo” XK Qozog`istonning avvalgi chempioni qarag`andalik“Sararka” XK bilan o`ynaydi. Sentyabr oyida “Humo Arena” majmuasida jami 8 ta chempionat matchlari bo`lib o`tishi rejalashtirilgan. O`yin uchun chiptalarni ITicket.uz saytidanva “Humo Arena” kassalaridan sotib olish mumkin.

“Humo” XK joriy yilning 14 avgustida Grodno shahrida (Belarus) Rossiya, Belarus, Qozog`iston va O`zbekiston jamoalari ishtirokidagi Evroosiyo do`stlik kubogi musobaqalarida faol qatnashgan edi. Uchta o`yinda jamoamizuch ochko to`pla, sharafli uchinchi o`rinni egalladi. So`ngra, nufuzli Qozog`iston kubogida “Humo” XK oltita o`yinningbarchasida g`oliblikni qo`lga kiritib, tarixdagi birinchi rasmiy yutuqga ega bo`ldi!

O`tgan mavsumda Evgeniy Popixin boshchiligidagi “Humo”murabbiylar shtabi kutilgan natijaga va ikkinchi o`ringa ega bo`lgandan so`ng to`liq jamoa sifatida ishlashda davom etmoqda. Evgeniy Nikolaevichga hamkasblari AndreyNikishov, Roman Krivomazov va Gadel Gumerov yordam beradilar. Klubning Bosh menedjeri Yuris Opulskis ham o`z lavozimida qoldi.

“Jamoamizga faqat fidokor sportchilarni, o`zbek xokkeyini rivojlantirishni istagan xokkeychilarni taklif qilamiz.Agar sportchilar kutilgan natijalarni ko`rsata olmasa, ular bilan xayrlashishga majbur bo`lamiz, - dedi XK “Humo” bosh murabbiyi Evgeniy Popixin.

O`tgan yilgi “Humo” tarkibidan sakkiz kishi qoldi. Jamoaga ham tajribali va mahoratli sportchilar, ham yoshlar kelishdi. Shu sababli klubning harakatlari ancha faollashdi. Ushbu mavsumda 2015 yilgi Ëshlar o`rtasidagi jahon chempionatining kumush medali sovrindori, markaziy hujumchi Ivan Fishenko jamoa kapitani bo`ladi.

 

Prognozlarga ko`ra, “Humo” ning kutilayotgan chempionatdagi asosiy raqibi Kokshetaudan “Arlan” bo`ladi. Qozog`iston Kubogida toshkentlik sportchilarimiz ushbu jamoa ustidan ikkita g`alabani qo`lga kiritdi, ammo ikkalasi ham asosiyvaqtdan tashqari. Klub g`alabali o`yinlarni davom ettirishni va Pro Hokei Ligasy chempionati oltin medallarni qo`lga kiritishni rejalashtirmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1