1

Osiyoning eng badavlat insonidan 25 yoshlilarga 6 maslahat

Dunyo 22.10.2016, 22:00
Osiyoning eng badavlat insonidan 25 yoshlilarga 6 maslahat

Koreyaning Seul shahrida bo`lib o`tgan anjumanda yosh ishtirokchilardan biri Abilibaba Group asoschisi, 22,2 milliard AQSh dollari miqdoridagi daromad sohibi Jek Madan agar hozir uning yoshi 25 yoshda bo`lganidan nima qilishini so`radi.

 1) Imkoniyatlar izlang

Imkoniyat hamma joyda bor. Hozir hamma internetni kelajak deb ataydi. 10 yil avval internet buyuk edi, chunki o`shanda u haqda ko`pchilik bilmas edi. Hozir esa internet ham qiyinlashib bormoqda. Chunki bu erga hamma aqlli insonlar yo`nalmoqda. Shuning uchun siz real sektorga chiqqaningiz ma`qul.

2) Texnologiyalardan foydalaning

Agar restoran ochmoqchi bo`lsangiz, uning hech kimnikiga o`xshamagan bo`lishi uchun texnologiyalardan foydalaning. Nafaqat hi-tech, balki texnologiyalar ham ish beradi. Ularni hamma joyda qo`llash mumkin.


3)Keng fikrlang

Biron fikr yoki g`oyani qarama-qarshi tomondan ham ko`ra biling.  Kimningdir fikriga qo`shilishdan avval o`ylang: Bu rostan ham to`g`ri fikrmi? Biron fikrga ko`pchilik qarshilik qilganda, siz aksincha mazkur qarorning noto`g`ri ekanligi haqida ham o`ylab ko`ring.

 4) Tashvishlanmang!

 Agar yoshingiz 25 da bo`lsa, tashvishlanmang. Siz tomondan yo`q qo`yilgan har bir xato—bu siz uchun katta ahamiyatga ega.

5)Shoshilmang

 Men yosh avlodga har doim quyidagi sxema haqida so`zlab beraman:

  • 20 yoshgacha talaba bo`ling. Tadbirkorlik kutib turadi, hunar o`rganing.
  • 30 yoshgacha kimgadir ergashing. Uncha katta bo`lmagan kompaniyada ishlab ko`ring.  Qanday lavozimda ishlashingiz muhim emas, muhimi qanday boshliq bilan ishlash. Yaxshi rahbar sizga ko`p narsalarni o`rgata oladi.
  • 30 yoshdan 40 yoshgacha agar tadbirkor bo`lishni istasangiz, o`zingiz uchun ishlang.
  • 40 yoshdan 50 yoshgacha kasbingizni o`zgartirishga kech bo`ldi. Faoliyatingiz davomida erishgan yutuqlaringizga qarab mo`ljal oling.
  • 50 yoshdan 60 yoshgacha yoshlar bilan ishlang. Ular siz uchun ko`p narsa qilishlari mumkin. Ularga investisi kiriting
  • 60 yoshdan keyin o`zingizga e`tibor bering. Sizni quyosh va plyaj kutmoqda.

6) Xato qiling

25 yoshlilarga mening maslahatim—Xato qiling! Tashvishlanmang. Siz yiqilasiz va turasiz, yiqilasiz va turasiz. Bundan, yoshligingiz va hayotingizdan zavqlanib yashang!


 Manba: Adme.ru

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1