“Al Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronalduning Marokashdagi mehmonxonasi zilzila qurbonlarini tekin qabul qildi, deya xabar bermoqda Marca Canal 24 Horas telekanali ko`rsatuviga tayanib.
Olingan ma`lumotlarga ko`ra, portugal mehmonxonasi qurbonlar uchun boshpana bo`lgan. Qayd etilishicha, u Marrakeshda joylashgan bo`lib, to`rtta yulduzga ega. Unda fitness markazi, restoran va ochiq basseyn mavjud.
Eslatib o`tamiz, 9 sentyabrga o`tar kechasi Marokashda 6,9 magnitudali kuchli zilzila sodir bo`ldi. Oxirgi ma`lumotlarga ko`ra, qurbonlar soni 1300 dan ortiq kishiga etgan, 1800 dan ortiq kishi jarohat olgan.
11.09.2023 08:59
Ronaldu Marokashda jabrlanganlarga bepul boshpana berdi
