1

Angliyalik veterinarlar kal tipratikanga massaj tayinladi (video)

Dunyo 24.10.2016, 09:56
Angliyalik veterinarlar kal tipratikanga massaj tayinladi (video)

Angliyaning Norflok grafligida joylashgan veterinarlik markaziga g`aroyib bemor – tikansiz tipratikan  keltirildi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.

Tikani mavjud bo`lmagan bu tipratikanga veterinarlar tikoni o`sib chiqishi uchun massaj tayinladi. Unga mutaxassislar Nelson deb laqab qo`ydi. Tipratikan yovvoyi tabiat qo`ynida olgan jarohati yoki stresslar tufayli tikanidan ayrilgan bo`lishi mumkin. Hozircha veterinarlar biror muvaffaqiyatga erishmadilar. 

2014 yilda angliyalik veterinarlar tozalovchi vosita to`kilgan quvurga tushib ketib, tikanini yo`qotgan tipratikanni davolashgan edi. Tipratikan tanasi aloe o`simligidan tayyorlangan gel bilan massaj qilingandan keyin tikanlari o`sib chiqqan edi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1