AsosiyDunyo

Shimoliy Koreya Yaponiya dengizi tomon ikkita ballistik raketa uchirdi

'Shimoliy Koreya Yaponiya dengizi tomon ikkita ballistik raketa uchirdi'ning rasmi

Shimoliy Koreya Yapon dengizi tomon noma`lum ballistik raketa uchirdi, deb xabar bermoqda Yonhap Janubiy Koreya shtab boshliqlari qo`mitasiga tayanib.

Yaponiya Mudofaa vazirligi, shuningdek, Shimoliy Koreya go`yoki ballistik raketa uchirgani haqida xabar berdi. Departament uning qaysi yo`nalishda uchganiga aniqlik kiritmadi.

Mainichi Shinbun gazetasining Yaponiya Mudofaa vazirligiga tayanib yozishicha, KXDR keyinchalik ikkinchi raketani uchirdi, ehtimol bu ham ballistik. Ikkala raketa ham Yaponiyaning eksklyuziv iqtisodiy zonasidan tashqariga tushib ketgan.

Keyinroq Janubiy Koreya shtab boshliqlari ham ikkinchi raketa haqida xabar berdi. Har ikkala qisqa masofali raketalar ham mahalliy vaqt bilan 11:43 va 11:53 oralig`ida Pxenyan tashqarisidagi Sunan hududidan uchirilgan, deya xabar beradi harbiylar.

Shimoliy Koreya oxirgi marta 30 avgust kuni Yapon dengizi tomon ikkita qisqa masofali ballistik raketa uchirgan edi. Parvoz masofasi 350 va 400 km, balandligi - 50 km.

    Boshqa yangiliklar