Rossiya ertami-kechmi sobiq sovet respublikalarining barchasi bilan urishishga majbur bo`ladi. Davlat Dumasi deputati Evgeniy Fyodorov shunday fikr bildirdi.
Deputat sobiq sovet respublikalarini “bahsli hududlar”, deb atadi. Uning iddao qilishicha, respublikalarning har biri SSSRdan “noqonuniy ravishda ajralib chiqqan”. Shu sababli ertami-kechmi Rossiya bilan nizoga boradi yoki urushadi.
“Barcha sobiq respublikalar ertami-kechmi Rossiya bilan konfliktga boradi yoki urushadi. Bu nazariya masalasi. Ulardan ba`zilari hozir bunday qilmaydi: Belarus. Gruziya allaqachon urush qilgan, Ukraina (urushyapti). Bu Armanistonga ham to`liq taalluqli”, — dedi deputat.
Uning qayd etishicha, agar respublikalar diplomatik yo`l bilan qaytarilsa, harbiy mojarolarning oldini olish mumkin.