AsosiyDunyo

Braziliyada sayyoradagi eng qadimgi yirtqich qoldiqlari topildi

'Braziliyada sayyoradagi eng qadimgi yirtqich qoldiqlari topildi'ning rasmi

Braziliya janubida eng qadimgi yirtqich hayvon - Pampaphoneus biccai yoki pampafonaning toshga aylangan suyaklari paleontologlar tomonidan  topildi. Yirtqich 265 million yil avval Janubiy Amerikada yashagan.

Olimlar hayvonning yaxshi saqlanib qolgan bosh suyagi, qovurg`alari va old panja suyaklarini topdilar. Pampa Federal universiteti professori Felipe Pineyroning ta`kidlashicha, topilma sayyora tarixidagi eng yirik yo`q bo`lib ketish hodisasidan biroz oldin er ekotizimlari jamoalari qanday tashkil etilgani haqida ma`lumot olishga yordam beradi.

Tabiatda pampafonalar yo`lbarslar va sherlar kabi yirik zamonaviy yirtqichlar bajaradigan xususiyatlarga o`xshash funksiyalarni bajargan. Ular o`ljani o`tkir tishlari bilan ushlab, kuchli jag`lari bilan osongina chaynab yuborgan. Ushbu qadimiy yirtqichlarning uzunligi deyarli uch metrni, og`irligi esa to`rt tonnani tashkil qilgan.

Pampafonlar ibtidoiy sutemizuvchilarning dastlabki guruhiga - terapsidlarga tegishli bo`lib, ular dinosefallar deb ham atalgan.

Bu turdagi yirtqichlar paleozoy davrining oxirida, dinozavrlar davri boshlanishidan 40 million yil oldin yashagan. O`sha paytda dinosefallar er yuzida yashovchi hayvonlarning asosiy populyasiyasi edi, deb yozadi Linnean jamiyatining zoologik jurnali.

    Boshqa yangiliklar